21:01 / 23.09.2015
2027

Yevrokomissiya Turkiya va Makedoniyaga muhojirlar muammolarini hal qilish uchun 1,7 mlrd yevro beradi

Yevrokomissiya qochqinlar muammolarini hal qilish uchun Turkiyaga 1 mlrd yevro va Makedoniyaga 700 mln yevro beradi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqining migratsiya bo‘yicha shoshilinch sammiti arafasida ma'lum qildi.

Yevropa kengashining shoshilinch yig‘ilishi 23 sentyarbda Toshkent vaqti bilan soat 21.00da boshlanadi. Uchrashuvda 120 ming muhojirni Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida taqsimlash masalasi muhokama qilinadi.

Avvalroq Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Yevropa Ittifoqi davlatlariga yuborgan sammitga ochiq maktub-taklifnomada joriy migratsion inqirozni insoniylikni tekshirishga sinov deb atagan edi.

Top