Jahon | 22:45 / 23.09.2015
2884
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya 950 mln yevroga Misrga “Mistral”larni sotadigan bo‘ldi

Fransiya Rossiya uchun mo‘ljallangan vertolyot tashuvchi “Mistral” kemalarini 950 mln yevroga sotadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Misr Mudofaa vazirligiga yaqin manbaning ma'lum qilishicha, kemalar misrlik mutaxassislar tegishli o‘qishni o‘tganlaridan keyin Misrga 2016 yil martida yetkazib berilishi mumkin.

Shartnomada vertolyot tashuvchi kemalar qurilishi texnologiyasini berish ko‘zda tutilmagan.

Qayd etilishicha, Fransiya prezidenti Fransua Olland “Mistral”lar sotilishi haqidagi xabarni tasdiqlagan.

Fransiya Rossiyaga kemalarni yetkazib bermagani uchun 1,2 mlrd yevro to‘lagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish