Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Hayotda..." badiiy filmi Olma-ota xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi
"Shaken burji" Olma-ota xalqaro kinofestivali 19-25 sentabr kunlari ilk marotaba tashkil qilindi. Bu haqda "O‘zbekkino" Milliy agentligining axborot xizmati ma'lum qildi.
Yolqin To‘ychiyev rejissyorligida ishlab chiqarilgan ushbu filmda Baxtiyor Qosimov, Akbarxo‘ja Rasulov, Zulxumor Mo‘minova kabi taniqli aktyorlar suratga tushgan.
Festival tanlov dasturidan «Hayotda...» filmidan tashqari «Sukunatning 40 kuni» (Gollandiya, Germaniya, Fransiya, O‘zbekiston kinoijodkorlari hamkorligida), «Osmon ostida» (Qirg‘iziston), «O‘tmishdan maktub» (Ozarbayjon), «Ko‘chish» (Qirg‘iziston), «Qunanbay» (Qozog‘iston), «Muallim» (Tojikiston), «Sag‘intayning birinchi xotini» (Qozog‘iston), «Shlagbaum» (Qozog‘iston) filmlari ham o‘rin olgan.
Qayd etish joiz, «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «O‘zbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Hayotda...» filmi joriy yil ikkinchi marta xalqaro kinofestival ishtirokchisiga aylandi. Bungacha mazkur kartina Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining «Kinoshok» festivalida qatnashgan edi.