22:52 / 23.09.2015
4921

Jahonning yangi moliyaviy poytaxti London bo‘ldi

London o‘ziga jahonning moliyaviy poytaxti maqomini yana qaytib oldi. Buyuk Britaniya poytaxti bu borada o‘zining asosiy raqibi Nyu-Yorkni ortda qoldirdi. Bu haqda Z/Yen Group moliyaviy konsalting kompaniyasi chop etgan Global Financial Centres Index (GFCI) bayonotida ma'lum qilindi.

Bahorgi reytingda Nyu-York Londondan 1 ball ortda qolayotgan edi, kuzgi reytingda esa 12 ball ortda qoldirdi. London Nyu-Yorkni ortda qoldirishiga Britaniya poytaxtida soliq inqirozini muvaffaqiyatli hal qilingani evaziga erishildi. 3-o‘rinni bu borada Gonkong, 4-o‘rinni Singapur, 5-o‘rinni esa Tokio egalladi.

Moliyaviy shaharlarning yetakchi o‘ntaligiga, shuningdek, Seul, Tsyurix, Toronto, San-Frantsisko va Vashington ham kirdi.

Reytingning eng pastki o‘rinlarini Reykyavik, Afina va Tallin egalladi.

Top