Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya banki “Asaka”ga 160 mln dollar kredit beradi
Koreya Respublikasining eksport-import banki (Eksimbank) "Asaka" ATBga (aksionerlik tijorat banki) 160 mln dollar miqdorida kredit taqdim etadi. Bu boradagi kelishuvning imzolangani haqidagi axborot bank prezidenti Li Dun Xunning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvida keltirildi.
“Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Eksimbank o‘rtasidagi investitsion hamkorlik masalalari muhokama qilindi”, - xabar qildi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1999 yildan buyon O‘zbekistonda ushbu bank mablag‘lari hisobiga 935 mln dollarlik loyihalar amalga oshirilgan.
2012 yildan bugungi kunga qadar ijro etilayotgan loyihalar qiymati esa 1.2 mlrd dollarni tashkil qiladi. 900 mln dollarlik loyihalar ishlanish bosqichida turibdi. Bank Surgil koni negizida gaz-kimyo kompleksining qurilishiga 1 mlrd dollar ajratgan.