Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml AQShning Germaniyada yadroviy qurol joylashtirishiga qarshi chora ko‘rishga tayyor
AQSh Germaniya aviabazalarida atom bombalari joylashtirish fikridan qaytmagan taqdirda Rossiya bunga qarshi kontrchoralar ko‘rishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq ZDF telekanali AQSh Germaniya reyxsveri bazalaridan birida B61-12 yadroviy bombalaridan 20 dona joylashtirib, ular bilan “Tornado” qiruvchilarini jihozlashni rejalashtirayotganini aniqladi.
“Bu Yevropadagi strategik muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa Rossiyadan ushbu muvozanatni tiklash maqsadida kontrchoralar ko‘rishni talab qiladi.
Shubhasiz, bunday qadam barqarorlikni mustahkamlash va o‘zaro ishonchni oshirishga, Yevropada xavfsizlikni ta'minlashga qaratilmagan”, - ta'kidladi Peskov.