08:38 / 23.09.2015
4969

KUN.UZ dayjesti: 22 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 22 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov Oqsaroyda Janubiy Koreyaning “Eksport-import banki” prezidentini qabul qildi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 sentabr kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi Eksport-import banki (Eksimbank) prezidenti Li Duk Xunni qabul qildi.

O‘zbekiston aholisi internetga ulanish bo‘yicha 130-o‘rinni egalladi>>

BMTning keng polosali aloqasi bo‘yicha maxsus komissiyasi butun dunyoda bo‘yicha keng polosali internetga ulanish bo‘yicha hisobot tayyorladi va mos reyting tuzdi. Bu reytingda O‘zbekiston 190 ta davlat ichidan 130-o‘rinni egalladi.

OTB: O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2015 yilda 7 foizni tashkil qiladi>>

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda YaIM o‘sishi bashoratlarini o‘zgartirmagan holda, ushbu ko‘rsatkichni 2015 yilda 7, 2016 yilda 7.2 foiz hajmida qoldirdi. Bu haqda tashkilotning “2015 yilda Osiyo bozorining rivojlanish istiqbollari” nomli hisobotida aytildi.

Manba: Rossiya Latakiya hududiga 28ta harbiy samolyotini joylashtirdi>>

AQSh hukumatidagi manbalardan birining aytishicha, rasmiy Vashington Suriya hududidagi aviatsiya haqida ma'lumotlarga ega.

Aleksis Tsipras Gretsiya bosh vaziri lavozimiga qasamyod qildi>>

Qasamyod marosimi Afinadagi prezident saroyida bo‘lib o‘tdi. Qasamyodni mamlakat prezidenti Prokopis Pavlopulos qabul qildi.

Suriya muxolifatiga AQShda tayyorlangan jangarilar qo‘shildi>>

Amerikalik instruktorlar tomonidan tayyorlangan 70 nafar jangchi Turkiya hududi orqali Suriyaga kirdi, deb xabar beradi AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi axborot xizmati.

Norvegiya Rossiyadan himoyalanish uchun AQShdan 52ta F-35 samolyotini sotib oladi>>

Norvegiya hukumati vakillari yaqin bir necha yil ichida AQShdan beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlaridan 52 dona xarid qilinishini tasdiqladilar. Bu haqda Reuters agentiligi xabar bermoqda.

Qirg‘iziston hududida 1 kun ichida 3 marta zilzila qayd etildi>>

21 sentabr kuni Qirg‘iziston Seysmologiya instituti 3ta zilzilani qayd etdi. Ulardan biri 21 sentabrga o‘tar kechasi Jalolobod viloyatida 4,5 balli kuch bilan sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Jalolobod shahridan 35 km g‘arbdagi nuqtadan 22 km chuqurlikda bo‘lgan.

Nazarboyev BMT Bosh assambleyasi sessiyasida chiqish qiladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkda o‘tadigan 70-sessiyasida chiqish qiladi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi>>

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, viloyat IIB boshlig‘i etib polkovnik Aloviddin Pulatovich Sultanov tayinlangan.

Skype messenjeri faoliyati qayta tiklandi>>

Microsoft kompaniyasi mutaxassislari Skype bilan yuzaga kelgan nosozliklar oradan 18 soat o‘tib to‘liq bartaraf etilganini ma'lum qilishdi.

Moskva jome masjidining ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi>>

23 sentabr 2015 yil Rossiya Federatsiyasi poytaxtining “Prospekt mira” dahasida yangidan bunyod etilgan “Moskva” Jome' masjidining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Volkswagen 11 mln avtomobilga buzuq dasturiy ta'minot o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi>>

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni ishlab chiqargan 11 mln avtomobilga nuqsonli dasturiy ta'minot o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kompaniya rasmiylari xabar berdi.

2015 yilda Yevropaga borish yo‘lida 2970 nafar muhojir halok bo‘lgan>>

21 sentabr kuni holatiga ko‘ra, 2015 yil boshidan buyon Yevropaga yetib olish maqsadida yo‘lga chiqqan muhojirlardan 2870 nafari O‘rta Yer dengizi suvlarida halok bo‘lgan. Bu haqda Migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotida aytildi.

Turkiyada ikki kurdparast vazir iste'foga ketdi>>

Turkiyada kurdparast Xalq demokratik partiyasi vakillari bo‘lgan ikkita vazir iste'foga chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

«Barselona» futbol klubi Ispaniya chempionatidagi ishtirokini to‘xtatishi mumkin>>

Ispaniya Professional futbol ligasi prezidenti Xaver Tebasning qayd qilishicha, Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionati o‘yinlaridan chiqib ketishi mumkin. 

Top