08:17 / 23.09.2015
5643

KUN.UZ dayjesti: 22 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 22 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Jahonda 4 mlrdga yaqin odam internetga ulanmagan>>

4 mlrdga yaqin odam, ya'ni sayyoramiz aholisining 57 foizga yaqini internetga kirishga imkoni yo‘q. Bu haqda BMTning internet-texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘mitasi ma'lum qildi.

Kanadalik velosipedchi tezlik rekordini o‘rnatdi >>

Jamoa sardori Todd Reyxart Nevadadagi 16 an'anaviy WHPSC musobaqalari davomida bir qator tezlik rekordlari o‘rnatdi.

Qozog‘istonda birinchi McDonald's restorani ochiladi>>

Qozog‘istonda 2016 yilda McDonald's restoranlari tarmog‘ining birinchi restorani ochiladi. Bu haqda Qozog‘iston hududida ushbu brenddan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan Food Solutions KZ kompaniyasi ma'lum qildi.

LG ommaviy ravishda bukiluvchan gadjyetlar uchun displeylar ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda>>

Janubiy Koreya OAVlari xabarlariga ko‘ra, LG Display kompaniyasi yaqin orada bukiluvchi smartfonlar va fabletlar uchun displeylar ishlab chiqarishni boshlaydi.

Singapurda 140 ming dollarlik atir namoyish qilindi>>

Ispaniyaning Cuarzo The Circle atir-upalar ishlab chiqaruvchi uyi World of Diamonds korporatsiyasi bilan birga cheklangan miqdordagi Royale Dream atirlarini chiqardi. Atirlar Singapurda “Formula-1” avtopoygasining Gran-prisiga bag‘ishlangan tadbirda namoyish qilindi, deb xabar bermoqda Luxurylaunches nashri.

Germaniyada 91 yoshli ayol Osventsimdagi qotilliklarda ayblanmoqda>>

Germaniya tergovchilari 91 yoshli ayolni Osventsim konslagerida 260 ming kishining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda, deb xabar beradi The Guardian nashri.

Nike “mazali” krossovkalarni ishlab chiqardi>>

Nike sport buyumlari markasi o‘zining Air Max 90 City ayollar krossovkalari jamlanmasining 6 modelini yangilab, ularni dunyoning Nyu-York, Parij, Tokio, London, Shanxay va Milan singari shaharlaridagi shirinlik va ichimliklar nomi bilan atadi.

VIDeO: Ulkan oyna Saudiya Arabistoni fuqarosi umriga zomin bo‘lishiga bir baxya qoldi>>

Saudiya Arabistonidagi kuzatuv kamerasi katta hajmli oyna balandlikdan yo‘lak bo‘ylab sekin sayr qilib ketayotgan erkak ustiga qulashini tasvirga oldi, deya xabar bermoqda RT.

Makkada 45 daraja issiqda juma namozi o‘qildi>>

18 sentabr kuni Makkadagi butun dunyodan to‘plangan ziyoratchilari birgalikda juma namozini ado etdi.
Olomon qulay joylarni egallash maqsadida ertalabdan maydonda to‘plana boshladi. Ayrimlar buning uchun hatto nonushtadan ham voz kechishdi.

Apple elektromobillar ishlab chiqarishni 2019 yildan yo‘lga qo‘yadi>>

AQShning Apple kompaniyasi elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha Titan loyihasini ishga tushirish vaqtini ma'lum qildi.

Honda tarixi 2 daqiqali videorolikda aks ettirildi>>

Internetda Honda kompaniyasining o‘z tarixiga bag‘ishlangan videoroligi paydo bo‘ldi. Unda kompaniyaning asos solinganidan buyon bugunga qadar qilgan ishlari qisqa shaklda ifoda etib berilgan.

iOS 9ni buza olganlarga 1 mln taklif qilindi>>

Zerodium kompaniyasi o‘z saytida iOS 9 operatsion sistemasini buzgan kishi yoki jamoaga 1 mln dollar mukofot berilishi to‘g‘risida xabar qildi.

Aleks Fergyuson: "MYu"dagi 26 yillik faoliyatim davomida atigi 4 nafar yuqori toifali futbolchi bilan ishlaganman>>

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson mankunianliklar boshqaruvi davrida qo‘l ostida to‘p surgan futbolchilardan faqat 4 nafarini dunyo darajasidagi futbolchi deb tan olishini bildirdi.

Rossiyalik milliarder buyurtma qildirgan dunyodagi eng yirik yaxta suratlari e'lon qilindi>>

Ommaviy axborot vositalarida “Yevroxim” rahbari Andrey Melnichenko buyurtmasi asosida tayyorlangan dunyodagi eng yirik yelkanli “A” (Sailing Yacht A) yaxtasining suratlari e'lon qilindi. Kema Germaniyaning Kil shahridan sinov uchun suvga tushirildi, deya xabar bermoqda RBK.

BAAda robot-shifokorlar navbatchilik qiladigan bo‘ldi>>

Birlashgan Arab Amirliklarida robot-politsiyachilar, kompyuter parkovkachilar va boshqa ko‘plab elektron yordamchilar safiga robot-shifokorlar ham qo‘shildi. Ular tibbiyot xizmatlari mahalliy bozorida haqiqiy inqilob qilishlari kutilmoqda.

Qozog‘istonlik erkak 12 yil qornida tibbiy qisqichni ko‘tarib yurgani aniqlandi>>

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida 12 yil muqaddam 73 yoshli Bektur To‘qmag‘ambetovning ichida 20 sm li qisqichni unutib qoldirgan tibbiyot xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top