Jahon | 17:49 / 23.09.2015
3512
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: AQSh Rossiyaning Suriya yuzasidan pozitsiyasini yaxshiroq qabul qila boshladi

AQSh Rossiyaning Suriya yuzasidan pozitsiyasini yaxshiroq qabul qila boshladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.

“O‘ylashimcha, amerikaliklar biz bir necha yillardan buyon o‘z ishimizda qo‘llab kelayotgan argumentlarni qabul qila boshladi”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

“Men Jon Kerri bilan gaplashdim, ular hamkorlik niyati va imkoniyatlari borligini ma'lum qildi. Ikki mudofaa vaziri – Shoygu va Karterning suhbatidan so‘ng ikki tomonlama ijobiy baholar berildi. Shu bois, mening o‘ylashimcha, ular vaziyatni obektiv qabul qilmoqda”, - qo‘shimcha qildi Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish