Sport | 11:51 / 23.09.2015
2690
1 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike: "Barselona"ning La Ligadan tashqarida qolishini tasavvur qila olaman

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi kataloniyaliklarning Ispaniya chempionatidagi ishtirokini to‘xtatishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirdi.

Biroz oldinroq, Kataloniya referendumlar natijasida mustaqillikka erishib, Ispaniya qirolligidan alohida mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsa, bu hududdagi "Barselona" va "Espanol" kabi jamoalar La Liga musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

"Men hozir "Barselona"ni istalgan ligada tasavvur qila olaman", deb javob bergan Luis Enrike jurnalistning shu haqdagi savoliga.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish