19:37 / 23.09.2015
2481

Misr Fransiya bilan “Mistral”larni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan Rossiyaga mo‘ljallangan “Mistral” rusumidagi ikkita vertolyot tashuvchini sotib olish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligi ma'lum qildi. 

23 sentabrda yuqori lavozimdagi misrlik shaxslar delegatsiyasi Parijda “Mistral”larni sotib olish shartlarini muhokama qilayotganlari, biroq tomonlar kemalarning yakuniy narxi bo‘yicha kelisha olmayotganlari ma'lum qilingandi.

Avvalroq ma'lum qilingandek, “Mistral”lardan biri Qizil dengizda, ikkinchisi O‘rta Yer dengizida xizmat o‘taydi.

2014 yildan beri Misr Fransiyadan har birining narxi 1 mlrd yevro turadigan 4 ta Gowind korveti, 900 mln yevrolik FREMM fregati va umumiy qiymati 3 mlrd yevro turadigan 24 ta Rafale qiruvchi samolyotini sotib olgan edi. Misr Fransiyadan yana 1,1 mlrd yevroga boshqa turdagi qurol-aslahalar sotib olgan.

Top