17:22 / 23.09.2015
3455

Misr Fransiya bilan vertolyotlarni tashuvchi «Mistral»ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan vertolyotlarni tashishga mo‘ljallangan ikkita «Mistral» rusumli harbiy kemalarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda France 24 nashri xabar tarqatmoqda.

Oldinroq fransuz manbasi mazkur harbiy kemalarni sotib olish bo‘yicha ikkala tomon o‘rtasida muzokaralar olib borilayotgani va bu muzokaralar oktabr oyi oxiriga qadar davom etishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgandi. Kemalar Qizil va O‘rta Yer dengizi orqali manziliga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Aslida ikki «Mistral» 2011 yildagi kelishuvga asosan Rossiyaga sotilishi ko‘zda tutilgandi. Kelishuvda uni 2014 yilda Rossiya tomoni qo‘lga kiritishi ko‘rsatib o‘tilgandi. Biroq Rossiyaga qo‘llanilgan sanksiyalar natijasida bitim amalga oshmay qolgandi.

Natijada Fransiya kelishuv bo‘yicha yetkazib berilmagan kema uchun 1,2 mlrd AQSh dollari miqdorida tovon puli to‘lagandi.

Top