Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:51 / 23.09.2015
3170
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh koordinatori iste'foga chiqadi
Iste'fodagi general Jon Allen IShID ga qarshi kurash bo‘yicha koalitsiya tuzish koordinatori lavozimini tark etadi. Bu haqda hukumatdagi o‘z manbasiga asoslanib, Bloomberg xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, Allen bu lavozimda 1 yil oldin ish boshlagandi.
Uning iste'fosi haqidagi xabarlarni Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest tasdiqlamagan ham, inkor etmagan ham.
Xabarlarda aytilishicha, Allen IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh ma'muriyati bilan kelishmay qolgani tufayli iste'foga chiqmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish