Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan haftada O‘zbekistonda yuz bergan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro halok bo‘ldi
O‘tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 246ta yong‘in sodir bo‘ldi.
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
IIV axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu yong‘inlarda 657 mln. so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 710 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi fuqaro A.Xoshimovning uyida yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro S.Shokirovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 105 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan.