19:08 / 23.09.2015
2474

O‘zbekiston TIV va Rossiya TIV o‘zaro maslahatlashuv o‘tkazdi

2015 yilning 23 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik departamenti direktori o‘rinbosari Andrey Frolov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida konsullik sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

2015 yil uchun vazirliklararo hamkorlik Dasturiga binoan uchrashuvda bir tomon fuqarolarining ikkinchi tomon hududidagi huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik, oilaviy va jinoiy masalalarda huquqiy yordam berishning amaliy jihatlari hamda ikki tomonlama bitimlarni ijro etish jarayoni ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, delegatsiyalar shu sohadagi O‘zbekiston va Rossiya qonunchiligidagi kuchga kirgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma'lumot almashdilar.

Top