10:07 / 23.09.2015
2186

O‘zbekistonda davlat sektoriga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning joriy qilinishi yangicha baholanadi

O‘zbekistonda davlat sektoriga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning joriy qilinishini baholashning yangi metodikasi loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish markaziga tayangan holda Sputnik agentligi xabar qilmoqda.

Bugungi kunda davlat organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning joriy qilinishi tegishli parametrlarga ko‘ra baholanadi, bular sirasiga saytning, axborot tizimining, elektron hujjat aylanmasining mavjudligi, interfaol xizmatlar va ma'lumotlar xavfsizligi darajasi kiradi.

“Elektron hukumatning yuqori darajadagi rivojlanishiga erishgan Singapur, Avstraliya, Janubiy Koreya singari davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda amaldagi tizimni takomillashtirish vaqti keldi”, - dedi agentlikning manbasi.
Aytilishicha, loyiha axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligida ko‘rib chiqilmoqda.

Top