Jamiyat | 18:27 / 23.09.2015
2993
2 daqiqa o‘qiladi

Raddiya: Temiryo’l Sug’urta tovon pulini to‘lashni paysalga solmagan

Ilgariroq o‘quvchilarimizga “Bozor va iste'molchi” gazetasida keltirilgan ma'lumotga tayangan holda Temiryo`l Sug`urta MChJ fuqaro Shermatov Oxunjonga 18 mln so‘m miqdoridagi sug‘urta tovonini to‘lashdan bosh tortgani, fuqaro tomonidan tegishli joylarga murojaat qilinganidan so‘ng sug‘urta tovoni undirib berilgani haqida ma'lumot berilgan edi.

Temiryo`l Sug’urta MChJ tomonidan tahririyatimizga yo‘llangan maktubda bu ma'lumotlarning noaniqligi, O. Shermatovning arizasi belgilangan tartib va muddatda ko‘rib chiqilib, sug‘urta tovoni vaqtida to‘lab berilgani ta'kidlangan. Shuningdek, ta'kidlanishicha, MChJ vakillari gazeta tahririyatiga murojaat qilib, ushbu axborotni asoslab berishni talab qilganida, qoniqarli javob berilmagan.

Shularni inobatga olgan holda, shuningdek, xatda ta'kidlanganidek, “aholining rivojlanayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoriga ishonchining pasayishiga” sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu ma'lumotning noaniq va noto‘g‘riligi Temiryo`l Sug`urta MChJ tomonidan e'tirof etilganini ta'kidlaymiz.

Ushbu maktubni raddiyaga ilova qilamiz.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish