Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Robert Levandovski: 5ta gol urish yaxshi, lekin bu gollar atigi 3 ochko keltiradi
"Bavariya" jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski "Volfsurg" darvozasiga 9 daqiqa ichida 5ta gol urib, rekord o‘rnatganidan keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.
"Men bu natijamdan juda xursandman. Bu ishonish qiyin bo‘lgan ish bo‘ldi. Men faqat raqib darvozasini mo‘ljallab to‘pni tepaverdim va shunday natijaga erishdim.
Maydonga tushganimda biz hisobda ortda borayotgandik, kamida 2ta gol urishni mo‘ljallayotgandim... Va 5ta gol urdim.
Gvardiola menga bu natijamdan eyforiyaga berilmaslikni so‘rashi shart emas. Mendan maydonda nima talab qilinishini yaxshi bilaman.
Bu 5ta gol bitta o‘yinda urildi va jamoaga faqat 3 ochko keltirdi. Oldinda hali o‘yinlar ko‘p va yana gollar bo‘lishi va g‘alaba qozonishda davom etishimiz shart", deydi Levandovski.