22:26 / 23.09.2015
3844

Skype yaqinda yuz bergan nosozliklar sababini ma'lum qildi

Skype 21 sentabrda yuz bergan nosozliklar sababini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniyaning blogida aytib o‘tildi.

Kompaniya vitse-prezidenti Gurdip Pallning aytishicha, Skype bundan avval juda kata yangilanmani chiqargan edi, aynan shu yangilanma ko‘pchilik foydalanuvchilarda nosozlik keltirib chiqargan. Keyin foydalanuvchilar faol ravishda qayta ulanishga harakat qilganlarida, trafikka katta yuklama tushgan va bu holat katta muammolarga olib kelgan.

Kompaniya ushbu holat yuzasidan o‘z uzrini keltirib o‘tdi va foydalanuvchilarga qulaylik yaratish Skype uchun eng ustuvor vazifa ekanligini qo‘shimcha qildi.

Top