01:14 / 23.09.2015
3303

Teves shifoxonaga o‘zi jarohat yetkazgan futbolchini ko‘rish uchun bordi

“Boka Xuniors” hujumchisi Karlos Teves “Arxentinos Xuniors”ning 21 yoshli futbolchisi Esekiel Amdan uning oyog‘ini sindirib qo‘ygani uchun shaxsan uzr so‘radi va uning holidan xabar olish uchun u yotgan shifoxonaga tashrif buyurdi.

Noxush voqea “Boka Xuniors” va “Arxentinos Xuniors” o‘rtasidagi uchrashuvda sodir bo‘lgan edi. O‘yin davomida Teves to‘pga muvaffaqiyatsiz o‘ynab, raqibining oyog‘ini tasodifan sindirib qo‘ygan.

23 sentabrda yosh futbolchi jarrohlik operatsiyasini o‘tkazadi.

“Meni ko‘rgani kelgan Karlitosga rahmat”, deb yozdi Esekiel instagramda.

Top