Jamiyat | 20:15 / 24.09.2015
4982
1 daqiqa o‘qiladi

“Brigada” serialida suratga tushgan aktyor 280 kg “spays” saqlagani uchun hibsga olindi

“Brigada” serialida suratga tushgan aktyor Dmitriy Gumenetskiy bir kilogrammdan qilib paketlarga joylashtirilgan 280 kg “spays” – kayf beruvchi sintetik konsentratni saqlagani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda Rossiya Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish federal xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Qayd etilishicha, aktyor Rossiya huquq-tartibot muassasalari xodimi bo‘lib ishlagan.

“Qo‘lga olingan huquq-tartibot muassasalarining amaldagi xodimi bo‘lgan. U o‘zining asosiy ishini aktyorlik kasbi bilan birga olib borgan va bir nechta badiiy filmlarda suratga tushgan, jumladan mashhur “Brigada” serialida Sasha Beliy qo‘riqlash xizmati boshlig‘i rolini ijro etgan”, deb aytilmoqda xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish