Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aisha ismli yangi xonandaning klipi badiiy kengash chig‘irig‘idan o‘tmadi
O‘zbek shou-biznes olamida yangi paydo bo‘lib, Aisha taxallusi ostida ijod qilishni boshlagan xonandaning "Yana-yana" deb nomlangan taronasiga ishlangan klip badiiy kengash chig‘irig‘idan o‘tmadi. O‘zbek va arab tillarida ijro etilgan qo‘shiq premerasi esa "O‘zbegim taronasi" radiosida bo‘lib o‘tgan.
Xabar qilinishicha, jurnalist bilan bo‘lib o‘tgan intervyuda xonanda tarona mualifi o‘zi ekanligini aytib o‘tgan. Musiqa sayqali ustida esa Jasur Badalboyev ish olib borgan. E'tiborlisi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qoshidagi badiiy kengash ruxsati olinmagan taronaga Orifjon Fayziyev tomonidan videoklip ham tayyorlab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizdagi tele va radiokanallarda efirga uzatilayotgan, kafe va restoranlarda monitorlar orqali namoyish etilayotgan milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan, ma'naviyatimizga zid bo‘lgan kliplar, ko‘rsatuv va eshittirishlarni cheklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yil 15 iyunda maxsus Harakat dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur doirasida 2015 yilning 1 avgustidan boshlab barcha telekanallarning badiiy kengashi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qoshida faoliyat ko‘rsatishni boshladi.