Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Rossiya koalitsiyadan mustaqil ravishda IShIDga aviazarbalar berishi mumkin
Agar AQSh ittifoq tarkibiga Suriya prezidenti Bashar Asadni olmasa, Rossiya IShIDga xalqaro koalitsiya bilan harakatlarini muvofiqlashtirmagan holda aviazarbalar berishni boshlashi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
“Rossiya mantiq ustun kelishiga va Obama Putin uzatgan qo‘lni ushlaydi degan umidda. Ammo bu amalga oshmagan taqdirda ham Putin harakatida davom etadi”, - dedi Rossiya strategik tadqiqotlar instituti Osiyo va Yaqin Sharq markazi rahbari Yelena Suponina.
AQSh, o‘z navbatida, Rossiya samolyotlari bilan kutilmagan to‘qnashuvlar sodir bo‘lmasligi uchun barcha harakatlarni muvofiqlashtirish tarafdori, deb hisoblaydi agentlik.