Sport | 10:51 / 24.09.2015
1591
1 daqiqa o‘qiladi

«Inter» 1966 yildan buyon ilk bor mavsumni ketma-ket beshta g‘alaba bilan boshladi

Milanning "Inter” klubi Italiya chempionatining 5-tur uchrashuvida “Verona”dan (1:0) ustun keldi.

Shu tariqa, Roberto Manchini jamoasi dastlabki beshta turda beshta g‘alabaga erishgan holda, 15 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

So‘nggi bor “nerazurrilar” bunday muvaffaqiyatga 1966/67 yilgi mavsumda erishishgandi. O‘shanda “Inter” dastlabki yetti turning barchasida g‘alabaga erishgan, ammo yakunda chempionlik unvonini qo‘lga kirita olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish