21:47 / 24.09.2015
7095

KUN.UZ dayjesti: 24 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 24 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlandi>>

O‘zbekistonda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat, qanoat va shukronalik ayyomi – muborak Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda.

Haj ziyorati paytida tiqilinchda jabrlanganlar soni 863 gacha yetdi>>

Haj ziyorati paytida Makka atrofidagi Mino vodiysida sodir bo‘lgan tiqilinchda jabrlanganlar soni 863 gacha yetdi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistoni fuqarolik mudofaasi boshqarmasi. 717 nafar kishi halok bo‘lgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: Mino vodiysida o‘zbekistonlik hojilar hech qanday talofat ko‘rmadi>>

24 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Makka shahri yaqinidagi Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 450 nafardan oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning xabar berishicha, ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.

Suriyadagi Rossiya samolyotlari “IShID” pozitsiyalariga zarbalar berdi >>

Suriya hukumat qo‘shinlari Rossiyaning samolyotlaridan “IShID” terrorchilik tashkiloti pozitsiyalariga aviazarbalar berishda foydalandilar. Bu haqda Reuters axborot agentligiga Londonda joylashgan Inson huquqlariga amal qilish bo‘yicha Suriya markazida ma'lum qilindi.

YeI qochqinlar masalasini hal qilish uchun Turkiyaga 1 mlrd, Makedoniyaga 700 mln yevro ajratadi>>

Yevropa Ittifoqi sammiti qochqinlar masalasini hal qilish uchun Turkiyaga 1 mlrd, Makedoniyaga 700 mln yevro ajratadi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker sammit yakunlariga ko‘ra xabar qildi.

O‘zbekiston terrorchilikka qarshi kurash tayyorgarliklarini kuchaytirmoqda>>

O‘zbekiston rahbariyati terrorchilikka qarshi kurash chora-tadbirlarini kuchaytirmoqda. Jumladan, 4 sentabr kuni militsiya Toshkentda terrorchilarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quvlar o‘tkazgani xabar qilindi.

AQSh Germaniyada atom bombalari joylashtirmaydi>>

AQSh Germaniya bundesveri bazalarida yaqin yillarda B61-12 atom bombalarini joylashtirishni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi TASS agentligi.

Yamandagi masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilayotgan vaqtda terakt sodir etildi >>

O‘zbek olimlari azot kislotali kumush eritmasini olishning yangi usulini kashf qilishdi>>

Toshkent Kimyo texnologiyalari instituti olimlari mashinasozlik sohasida qo‘llaniladigan azot kislotali kumush eritmasini olishning yangi usulini kashf qilishdi.

“O‘ztransgaz” maxsus texnikalarning katta partiyasini sotib oladi>>

“O‘ztransgaz” siqilgan tabiiy gaz tashish uchun mo‘ljallangan maxsus texnikalar va avtosisternalarni sotib olish bo‘yicha Samarqand avtomobil zavodi hamda JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi bilan ikki yirik shartnomani imzoladi.

Suriyalik muhojir haqida Rossiya matbuotida tarqatilgan ma'lumotlar yolg‘on bo‘lib chiqdi>>

Bugun Rossiyaning internet nashrlarida Vengriyada muxbir ayol tomonidan chalib yiqitilgan suriyalik qochqinning “al-Qoida” jangchisi bo‘lib chiqqanligi haqida yolg‘on axborot keng tarqatildi.

Rossiyada Qurbon hayiti bayrami nishonlanmoqda>>

24 sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida 140 ming kishi Qurbon hayiti bayramini nishonlashda ishtirok etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Shanxayda Qurbon hayiti bayram qilinmoqda>>

Dunyoning boshqa davlatlari kabi Xitoyda ham 24 sentabr Qurbon hayiti kuni deb e'lon qilindi. Mamlakatning yirik shaharlaridan bo‘lgan Shanxaydagi Xio Tao Yuan masjidida erta tongdan xorijlik va mahalliy musulmonlar jamlandi. 

Dunyoning eng yaxshi aeroportlari nomi e'lon qilindi>>

Yiliga 50 milliondan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan Dubay aerouzeli dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topildi. Aviasayohatlar sohasidagi nufuzli World Routes Marketing Award xalqaro mukofoti hakamlar hay'ati shunday qarorga kelishdi. 

Tarmoqda Makkadagi tiqilinch oqibatlari qayd qilingan video chiqdi>>

Internetga Makkada bugun sodir bo‘lgan tiqilinch oqibatlari aks etgan, halok bo‘lganlar ko‘rsatilgan videolavha joylashtirildi.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, qurbonlar soni 310 kishini tashkil qildi. Jarohat olganlar soni 450 ming kishi.

Top