22:44 / 24.09.2015
5586

KUN.UZ dayjesti: 24 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 24 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonlik narkokurer Rossiyaga o‘z ichaklarida 169 konteynerda geroin olib o‘tishga harakat qildi>>

Domodedovo aeroportida o‘z ichaklarida 169 konteynerda geroin olib o‘tishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Gavayilik baliqchi o‘zini tishlagan nahangni savaladi>>

Gavayilik baliqchi Brekston Rocha uni oyog‘idan tishlab olgan yo‘lbars nahangni garpun bilan savaladi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.

Mark Tsukerberg Xitoy rahbari bilan uchrashdi>>

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qildi.

«Izvestiya»: «VKontakte» o‘z mesenjyerini ishga tushirishga hozirlik ko‘rmoqda>>

Rossiyaning yirik «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i yangi protokol ustida ish olib bormoqda. Axborotlarni shifrlovchi ushbu protokol foydalanuvchilar o‘rtasida ma'lumotlar almashish tezligini oshirishga xizmat qilishi mo‘ljallangan.

Vertu yoqut ekranli eng mustahkam smartfonini ishlab chiqardi>>

Vertu kompaniyasi nafaqat tezkor protsessor, balki kattalashtirilgan ekranga ega Signature Touch smartfonlarining yangi namunasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya xabar tarqatdi.

Paff Deddi jahonning eng boy rep ijrochisi deb topildi>>

Forbes jurnali jahonning eng katta daromad oluvchi rep ijrochilari reytingini chop etdi. Reytingning 1-pog‘onasini Paff Deddi yoki Pi Diddi (Diddy) taxalluslari bilan taniqli bo‘lgan Shon Kombs egalladi.

Alina Kabayeva anchagina vazn tashlagan holda namoyon bo‘ldi>>

Rossiyada yangi ochilgan “Match TV” sport telekanalining bosh prodyuseri Tina Kandelaki taniqli gimnastikachi Alina Kabayeva bilan birga tushgan fotosuratlarini chop etdi. Fotosuratlar foydalanuvchilarni ancha hayratlantirdi, chunki unda Kabayeva anchagina vazn tashlagan holda aks etgan.

Janubiy Koreyada keksalar aholining 13,1 foizini tashkil etdi>>

Janubiy Koreyada 65 va undan oshgan keksalar soni 2015 yilda rekord darajani tashkil etdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi ma'lum qildi.

Dunyodagi eng keksa qoplon 24 yoshga to‘ldi>>

Tutqunlikda yashayotgan qoplonlardan eng keksasi kecha 24-tug‘ilgan kunini nishonladi. Ayvori laqabli yirtqichning nomiga yo‘llangan tabriklar Ginness rekordlar kitobida chop etildi, deb xabar beriladi tashkilot Tvitterida.

Saudiya politsiyasi ziyoratchilarga soyabonlar tarqatdi>>

Saudiya Arabistonidagi "Sabq" kundalik nashri 22 sentabrda kuzatilgan 45 darajali issiqda Saudiya politsiyasi tomonidan Makka shahrida ziyoratchilarga ularni quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabonlarni tarqatgani tasvirlangan suratlarni e'lon qildi.

Pepsi`ni birinchi marta ichib ko‘rgan qiz yig‘idan o‘zini tiya olmadi>>

Kofeinga allergiyasi bor qizning mazkur modda qo‘shilmagan Pepsi ichimligini ichib, o‘z hissiyotlarini jilovlay olmasdan yig‘lab yuborgani tasvirlangan videorolik YouTube`da bir kun ichida 35 ming martadan ziyod tomosha qilindi.

Facebook’da 360 gradusli video paydo bo‘ldi>>

Android uchun Facebook dasturi va ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasi 360 gradusli videoni qo‘llab-quvvatlashni boshladi.

Top