15:19 / 24.09.2015
12968

Makkada shaytonga tosh otish amali paytida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 310 nafarga yetdi

Saudiya Arabistonining Makka shahri yaqinidagi Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 310 nafardan oshdi, jarohatlanganlar esa 450 nafarga yetdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni IIV xabar qildi.
“Haj ibodatini ado etuvchilar uchun tiklangan chodirlar shaharchasi sektorlarga bo‘lingan. Tiqilinch — Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun ajratilgan hududda ro‘y bergan”, - deya «Interfaks» Rossiya muftiylar kengashi raisi o‘rinbosari Rushan Abbyasov so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, hodisa shaytonga tosh otish marosimi o‘tkazilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Tarmoqda Makkadagi tiqilinch oqibatlari qayd qilingan video chiqdi >>

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan haj safariga chiqqan 5200 nafar ziyoratchi kecha, 23 sentabr kuni Mino vodiysidagi qarorgohda bomdod namozini o‘qib, Arofat sari yo‘l olishgan.

Top