Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:48 / 24.09.2015
4742
1 daqiqa o‘qiladi
Oq uy: Rossiya Putin va Obamaning Nyu-Yorkda uchrashishi tashabbusi bilan chiqdi
AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida uchrashuviga Rossiya tashabbus bildirdi, deb xabar bermoqda Oq uy vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Vakilning aytishicha, aynan Rossiya ikki davlat yetakchisining uchrashuvi tashabbusi bilan chiqdi.
Avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Obama bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishini tasdiqlagan edi.