Jahon | 03:04 / 24.09.2015
8452
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti ishchi safaridan fotoreportaj

“Vlast” internet-jurnali Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ishchi safarlaridan biridan hisobot tayyorlab, uni chop etdi.

Reportajda Nazarboyevning Tojikiston, Sochi va Atirauga tashriflari haqida so‘zlangan.

Ishchi safar Dushanbega tashrif buyurishdan boshlandi. 14 sentabr ertalab parvozgacha yarim soat oldin samolyot Ostona aeroportida Nazarboyevni kutgancha, shay holatda turgan edi. Prezidentga Qozog‘istonning yuqori lavozimdagi shaxslaridan iborat delegatsiya hamrohlik qildi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov va Nazarboyev yordamchisi Nurlan O‘njanov Dushanbedagi uchrashuvdan olingan materiallarni o‘rganishmoqda.

Investitsiyalar va rivojlanish vaziri Asat Isekeshev va prezident yordamchisi – xavfsizlik kengashi kotibi Nurlan Yermekbayev.

Dushanbedan Sochiga parvoz ushbu safardagi eng ko‘p vaqt olgan parvoz bo‘ldi – unga 3 soat 35 daqiqa talab etildi. Styuardlar tushlikni tayyorlashmoqda: palov, grekcha salat, mevalar va muzqaymoq.

Nazarboyev qanday taomlar qabul qilishiga qiziqadiganlar uchun – samolyot bortida tushlik shunday ko‘rinishga ega.

Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Boqitjon Sog‘intoyev prezident bilan maslahatlashishga tayyorlanmoqda.

Muzokaralar uchun kichkina xonada xorijiy davlatlar yetakchilari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar muhokama qilinmoqda.

Nursulton Nazarboyev vazirlar bilan navbatdagi uchrashuv oldidan.