Jahon | 12:05 / 24.09.2015
6356
1 daqiqa o‘qiladi

Rus OAVi: Vengriyada muxbir tomonidan chalib yiqitilgan qochqin al-Qoida jangarisi bo‘lib chiqdi

Vengriya telekanallaridan birining xodimi tomonidan chalib yiqitilgan qochqin al-Qoida jangarisi bo‘lib chiqdi.

International Business Times nashrining yozishicha, boshqa qochqinlar uni “tanib qolishgan”.

Usoma Abdulla Mushin Serbiya bilan chegaradagi Reske qarorgohidan qochayotganida muxbir Petra Lazslo tomonidan chalib yiqitilishi dunyoga keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Oxir-oqibat jurnalist qiz ishdan haydaldi, Mushin esa Ispaniyada futbol murabbiysiga aylandi.

Ammo kurdlarning Demokratik partiyasi rasmiy bayonot chiqarib, Mushin “al-Qoida”ning Suriyadagi qanoti – “Jabhat an-Nusra”ning jangarisi ekanligini ma'lum qildi. Bunga isbot tariqasida uning ijtimoiy tarmoqdagi o‘chirib tashlangan sahifasidan skrinshotlar keltirildi.

Shuningdek, suriyaliklar uni 2004 yilda Qamishli shahridagi isyonni bostirishda ishtirok etganlikda ayblamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish