Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi Rossiya samolyotlari “IShID” pozitsiyalariga zarbalar berdi
Suriya hukumat qo‘shinlari Rossiyaning samolyotlaridan “IShID” terrorchilik tashkiloti pozitsiyalariga aviazarbalar berishda foydalandilar. Bu haqda Reuters axborot agentligiga Londonda joylashgan Inson huquqlariga amal qilish bo‘yicha Suriya markazida ma'lum qilindi.
Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, bu haftada aviazarbalar Aleppo viloyatining sharqida joylashgan Kveyris aviabazasi atrofidagi hududlarga berildi. Jangarilar tomonidan o‘rab olingan aviabazani qamaldan chiqarish bo‘yicha operatsiya yerdagi qo‘shinlarning ko‘magida olib borildi.
Ma'lum qilinishicha, Rossiya samolyotlarini suriyalik uchuvchilar boshqarishgan.