Jamiyat | 22:47 / 24.09.2015
3369
1 daqiqa o‘qiladi

Tuluzada yashovchi ayol shoshilinch xizmatlarga bir kechada 626 marta qo‘ng‘iroq qilgani uchun hibsga olindi

Fransiyaning Tuluza shahrida yashovchi ayol tungi payt turli shoshilinch xizmatlariga 626 marta qo‘ng‘iroq qilgani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda europe1.fr nashri.

Ayol eng ko‘p shaharning qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. 54 yoshli ayol bu xizmatga 600 marta telefon qilib, operatorlarga uning muammosi nimadan iboratligini tushuntira olmagan.

Noma'lum ayoldan shunday katta miqdorda qo‘ng‘iroq qilingani Tuluza politsiyasini qiziqtirib qoldi. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari ayol ruhiy kasallikka egaligini aniqladilar.

Ayolning bunday yo‘l tutishiga aynan uning ruhiy kasalligi sabab bo‘lgan. Politsiyachilar ayol majburiy davolashga yuborilishi mumkinligini aytishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish