Fan-texnika | 20:02 / 24.09.2015
26463
1 daqiqa o‘qiladi
Uy isitishning g‘aroyib usuli
Bu usul uzoq bo‘lmagan muddatga har qanday xonani isitish imkonini beradi.
Buning uchun sizga kerak bo‘ladi:
Ikki dona sopol gultuvak, bitta uzun bolt, ikkita gayka, uchta shayba, uch dona g‘isht, ikki dona sham va oddiy likop. Sham o‘rniga spirtli gorelkadan foydalanish ham mumkin.
Sopol tuvaklar shamdan chiqayotgan issiqlik energiyasini yutadi va uni issiqlikka aylantiradi.
Tuvak yuzasidagi harorat Tselsiy bo‘yicha 70–80 darajaga, ichida esa 260 drajaga yetadi, shuning uchun judayam ehtiyot bo‘ling!
Bunday isitgich “o‘chirilganidan” keyin ham bir necha soat davomida issiq turadi.
Diqqat: isitgichni tez o‘t oladigan buyumlar yoniga qo‘yish qat'iyan taqiqlanadi!
Bu isitgich pulingizni va elektr energiyasini tejaydi.