12:46 / 24.09.2015
4863

Vertu yoqut ekranli eng mustahkam smartfonini ishlab chiqardi

Vertu kompaniyasi nafaqat tezkor protsessor, balki kattalashtirilgan ekranga ega Signature Touch smartfonlarining yangi namunasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya xabar tarqatdi.

Smartfonda 8 turdagi, jumladan, timsoh, yirik kaltakesaklar yoki buzoq terisi bilan bezak berilgan, korpusi titan, ekrani esa mustahkamligi bo‘yicha olmos va yana bir necha birikmalardan keyingi o‘rinda turuvchi yoqutdan tayyorlangan namunalari taqdim etildi.

Mazkur kompaniya mahsulotlarining o‘ziga xosligi shundaki, xaridorni axborot bilan ta'minlash va uning xavfsizligi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish har bir mijoz uchun alohida xodim biriktiriladi. Masalan, Vertu Concierge xizmatida xaridor muloqot va telefon orqali buyurtmalar uchun shaxsiy yordamchisini tanlaydi.

2015 yilda ishlab chiqarilgan Signature Touch smartfoni ekranining diagonali 5,2 dyuym (13,2 sm). 21 megapikselli asosiy fotokamerasida 4K videotasvirlarini olish mumkin, old kamera esa 2,1 megapiksel.

Unga Qualcomm`ning 64 razryad, 8 yadroli Snapdragon 810 protsessori o‘rnatilgan. 4 gigabayt operativ xotira esa Signature Touch`ning yanada tezroq ishlashiga xizmat qiladi. Uskuna zamonaviy Android 5.1 Lolipop operatsion sistemasi asosida ishlab, unga Vertu va iOS o‘rtasida ma'lumotlar uzatishni ta'minlovchi Vertu Sync xizmati o‘rnatilgan.

Top