18:48 / 24.09.2015
2456

Volkswagen ortidan BMW ham ishlangan gazlarning me'yordan oshib ketganligiga shubha qilinmoqda

BMW kompaniyasi Volkswagen’dan keyin ekologiya qoidabuzarliklari bilan bog‘liq katta mojaroga aralashgan ikkinchi nemis avtokonserni bo‘lishi mumkin. Auto Bild nashrining xabar berishicha, BMW’ning modellaridan birining ishlangan gazlarning tashqariga chiqarilishi darajasi Yevropa Ittifoqida o‘rnatilgan me'yorlardan 11 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.

Bu haqda AutoBild Toza transport bo‘yicha xalqaro kengashga (ICCT) iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. Kengash BMW X3 xDrive 20d modelini sinovdan o‘tkazdi.

BMW’ning bayonotida kompaniya sinov rejimini tanish funksiyasiga kontrollyorlar kiritmagani aytilmoqda. “Zararli chiqindilarning tashqariga chiqarilishi oddiy foydalanishda ham faol holda ishlagan”, deyilmoqda xabarda.

ICCT faoli Piter Mokning aytishicha, BMW sinovlari Volkswagen’ning qoridabuzarliklari yagona emasligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu xabar BMW aksiyalariga ta'sir qilmasdan qolmadi, 24 sentabrda Frankfurt birjasida konsern aksiyalarining narxi 7,3 foizga tushib ketdi,

Aynan ICCT’ning 2014 yilda Volkswagen dizel avtomobillari uchun o‘tkazgan sinovlari AQShning kompaniyaga nisbatan tergov boshlashiga sabab bo‘ldi. Sinovlarga ko‘ra, Volkswagen Jetta modelining ishlangan gazlarni tashqariga chiqarish darajasi AQShda ruxsat berilgan me'yorlardan 15-35 marotaba, Passat’niki esa 5-20 marotaba ko‘proq bo‘lgan.

Top