12:38 / 24.09.2015
13761

Yamandagi masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilayotgan vaqtda terakt sodir etildi

Bugun, 24 sentabr tongida Yaman poytaxti Sano shahridagi masjidlardan birida terakt sodir etildi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi.

Guvohlarning aytishicha, bu portlash shialar tomonidan nazorat qilinadigan hududdagi Blili masjidida sodir bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, portlash masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu terakt kamida 15 kishini hayotdan olib ketgan.

Top