14:38 / 24.09.2015
2538

Yamandagi terakt qurbonlari soni 29 kishiga yetdi

24 sentabr kuni Yaman poytaxti Sano shahridagi masjidlardan birida Hayit namozi ado etilayotgan chog‘da ijro etilgan teraktlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 29 kishini tashkil etdi. Bu haqda Yemen Post nashri xabar bermoqda.
Shu oyning boshida ham shunga o‘xshash ikki masjidda amalga oshirilgan portlashlarda 32 kishi halok bo‘lgandi.

Top