O‘zbekiston | 15:36 / 25.09.2015
7565
6 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbektelekom” O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlarini kengaytiradi

ICT WEEK Uzbekistan-2015 haftaligi doirasida 2015 yilning 16 sentabrida Samarqand shahrida “AKT va turizm” konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi. “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasidagi tarixiy va madaniy yodgorliklar, shuningdek, jamoat va faol sayyohlik obektlari hududlarida simsiz radioaloqa tarmoqlarini tashkil etish loyihasini rivojlantirish rejasini namoyish qildi.

2014 yilda “O‘zbektelekom” Xorazm viloyatining tarixiy muzey-shahri “Ichan Qal'a”da optik aloqa kanallarini tashkil etish va muvofiq radiouskunalarini o‘rnatish yo‘li bilan abonentlarni simsiz radioulanish test zonalarini foydalanishga topshirishni amalga oshirgan edi. Simsiz Wi-Fi-tarmog‘ini testdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirish natijasi bo‘yicha, O‘zbekiston mehmonlari va aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, kompaniya tomonidan Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatining tarixiy va madaniy meros obektlari, shuningdek, turistik zonalari, mehmonxona, ayeroport va vokzallari tarmoqlarida simsiz Wi-Fi tarmog‘ini tijorat qurilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

Bugungi kunda “O‘zbektelekom” tomonidan Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanishni taqdim etadigan uskunalarni barcha montaj qilish va sozlash ishlari yakuniga yetkazildi, shuningdek, Internet xizmatidan foydalanish uchun oldindan to‘lov kartalari chiqarilgan.
Mazkur kartalarga ega kishilar “O‘zbektelekom” AK Wi-Fi tarmoqlari o‘rnatilgan barcha obektlarda internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Abonent Xivadan karta sotib olib, undan Termiz yoki Shahrisabzda foydalanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda “O‘zbektelekom” Wi-Fi tarmog‘i qoplash zonasi o‘zida 27ta obektni jamlagan:

Xorazm viloyati: “Ichan Qal'a” muzeyi, Urganch shahri ayeroporti, Urganch shahri markaziy temir yo‘l vokzali;
Qashqadaryoviloyati: Qarshi shahri ayeroporti va temir yo‘l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Al Jarroh” majmuasi, Qarshi shahr o‘lkashunoslik muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Daorus-Saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko‘k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;
Surxondaryo viloyati: Termiz ayeroporti va temir yo‘l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “At-Termiziy avliyo ota” tarixiy majmuasi;
Toshkent viloyati: Chinara’s restorani, “Xumson” dam olish zonasi, “Archazor” dam olish zonasi, “Xo‘jakent” dam olish zonasi, “Yangiobod Chotqol Marvaridi” dam olish zonasi, “Kumushkon” dam olish zonasi, “Gornyak” NKMK dam olish zonasi, “Kichik Chimyon” dam olish zonasi, Chimyon Osma (kanat)-suyanchiqli tabiiy chegara yo‘li.

Tarif rejalariga muvofiq Internet tarmog‘iga ulanishning eng past tezligi 4 Mbit/s.ni tashkil etadi. Foydalanuvchilarga besh turdagi 4500dan 25000 so‘mgacha nominalli, kiritilgan trafigi 150dan 2500 Mbaytgacha hajmli kartochkalar taqdim etiladi. Internet tarmog‘i trafigi va “Tas-IX” kiritilgan trafik hajmiga kiradi. Kartochkaning faollashtirilganidan keyin amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi.

Mazkur loyihani rivojlantirish uchun “O‘zbektelekom” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda 2015-2016 yillarda Samarqand, Buxoro va Toshkentda Wi-Fi zonalarini ishga tushiradi.
Ushbu ro‘yxatga quyidagi obektlar kiritiladi:

Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi aeroport va temir yo‘l vokzali, “Poyi Kalon” kompleksi, «Labi hovuz» ansambli, “Toqi Sarrofon” kompleksi, “Toqi Telpakfurushon” kompleksi, “Toqi Zargaron” kompleksi, Abu Ali ibn Sino hiyoboni, “Ark” qal'asi, “Sitorai Mohi Xosa” saroyi, “Bahovuddin Naqshbandiy” maqbarasi.

Samarqand viloyati: Samarqand aeroporti va vokzali, “Siyob” bozori, “Afrosiyob” muzeyi, Amir Temur maqbarasi, “Registon” maydoni, “Shohi Zinda” kompleksi, Imom al Buxoriy kompleksi, Bibi Xonim maqbarasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi, Xo‘ja Ahror Valiy kompleksi, Hazrati Hizr madrasasi.

Toshkent shahrida: Amir Temur maydoni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Davlat amaliy san'at muzeyi, Toshkent shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Hayvonot bog‘i, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Mirzo Ulug‘dek nomidagi istirohat bog‘i, G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i va 4ta restoran.
Hammasi bo‘lib, O‘zbekistonning 40ta tarixiy va madaniy merosi hamda faol sayyohlik obekti yuqori tezlikdagi simsiz internet tarmog‘iga ulanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish