Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Eron kelishuvni amalga oshirsa, unga faqat 50 mlrd dollar qaytariladi
Eron yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvni amalga oshirganidan so‘ng muzlatilgan hisoblarida bo‘lgan 50 mlrd dollar pulini olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Sun-Sentinel’dagi maqolasida AQSh moliya vazirining terrorchilik va moliyaviy razvedkaga qarshi kurash bo‘yicha o‘rinbosari Adam Zubin ma'lumot berdi.
“Ayrim tanqidchilarning ta'kidlariga ters ravishda, Eron kelishuv doirasida 150 mlrd dollar bonus olmaydi. U o‘zining asosiy majburiyatlarini bajarmaguniga qadar hech narsa olmaydi, amalga oshirsa esa, o‘ziga tegishli 50 mlrd dollarni oladi. Bu pullar ayni paytda Erondan tashqaridagi muzlatilgan hisoblarda turibdi”, - deb yozadi Zubin.
Uning ta'kidlashicha, Tehron ulkan qarzga ega bo‘lib, o‘z moliyaviy muammolarini hal qilish uchun unga ko‘rsatilganidan 10 barobar ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi.