08:49 / 25.09.2015
4071

Bog‘dodda Rossiya, Suriya va Eron harbiy qo‘mitasi tuzildi

Iroq poytaxtida Rossiya, Suriya va Eron muvofiqlashtiruvchi harbiy qo‘mitasi tuzildi, deb xabar beradi Fox News.

Aytilishicha, qo‘mita IShIDga qarshi kurashayotgan, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan shia ko‘ngillilariga ko‘mak berib boradi.

AQSh razvedkasiga ma'lum bo‘lishicha, qo‘mita tarkibida bir guruh rossiyalik amaldorlar ham bor. Shuningdek, razvedka amaldorlaridan biri “Bog‘dodga har tarafdan Rossiya harbiylari kelmoqda” deb xabar berdi.

Top