Iqtisodiyot | 09:44 / 25.09.2015
3500
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada dollari so‘nggi 11 yil ichida AQSh dollariga nisbatan eng past darajaga yetdiKanada dollari so‘nggi 11 yil ichida AQSh dollariga nisbatan eng past darajaga yetdi

Torontodagi savdo birjalari yakuniga ko‘ra, Kanada milliy valyutasi - dollar kursi 74,54 AQSh sentini tashkil etib, 2004 yildan buyon eng past natijani qayd etdi.

Kanada dollari yil boshidan buyon pastlashishda davom etmoqda. Milliy valyutaga bir vaqtning o‘zida qator omillar: neft narxining jahon miqyosida arzonlashuvi, Xitoy iqtisodiyotidagi muammolar, Kanadada chakana savdo hajmining qisqaruvi, shuningdek, Kanada banklari asosiy stavkalarining tushishi singarilar salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, Kanada dollari bahosiga yaqinda AQSh Federal zaxira sistemasi (FZS) asosiy stavkalarni o‘zgarishsiz qoldirgani ham ta'sir ko‘rsatdi.
“Jahon bozoridagi qo‘rqinch omili Amerika FZS asosiy stavkalarni o‘zgarishsiz qoldirgani natijasida paydo bo‘ldi.

Bozorlar FZSdan aniqroq xabarlar olgunimizga qadar “tebranish” holatida bo‘ladi”, - deb hisoblamoqda Rockwell Capital kompaniyasi moliyachisi Piter Kastillo.
Toronto birjasida o‘tgan so‘nggi savdo sessiyasi TSX indeksining 45 punktga (-0,34%) kamayishi bilan nihoyasiga yetib, 13,338lik natija qayd etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish