Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madina shahridagi markaziy masjidda 1 mln kishi Hayit namozini ado etdi
Madina shahrida joylashgan Masjidi Nabaviyada Hayit namozini ado etishda 1 mln kishi ishtirok etdi. Bu haqda masjid vakillari mahalliy matbuotga axborot berdi.
Namozga shayx Abdulboriy at-Tubaytiy imomlik qildi.
Masjid ishlari bo‘yicha idora matbuot kotibi Abdulvohid bin Ali al-Xattobning ta'kidlashicha, namozxonlarga barcha qulayliklarni yaratish maqsadida masjidning 6 ming ishchisi tinmay mehnat qilgan. Bular orasida 5 ming mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh qarovchilari, ventilyatsiya tizimi ishini ta'minlovchilar, tahoratxonalar xizmatchilar va boshqalar borligi aytildi.