Jahon | 16:35 / 25.09.2015
10026
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy osiyolik jangarilar otryadlari Suriya hukumati va IShIDga qarshi jang olib bormoqda

Suriyada Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan bo‘lgan 1500 nafarga yaqin jangarilar guruhi “Jabhat al-Nusra” tashkilotiga sadoqatini izhor qilgan holda bir vaqtning o‘zida Suriya hukumati va IShID jangarilariga qarshi kurash olib bormoqda.

Bu haqda 23 sentabr kuni VVSning rus xizmati Britaniyada joylashgan Suriya monitoringi markaziga asoslangan holda xabar berdi.
Central Asia Online ma'lumotiga ko‘ra, Al Qoida xalqaro terroristik uyushmasi bilan bog‘liq bo‘lgan “Jaysh al Muhajirin va Ansor” qurolli guruhi tarkibida Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston (chechen, o‘zbek va tojiklar) fuqarolari Suriyaning Aleppo shahri atrofida jang olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish