Oxirgi 10 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar ro‘yxati e'lon qilindi
Forbes jurnali 10 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar ro‘yxatini e'lon qildi.
Birinchi o‘rinda golf ustasi Tayger Vuds turibdi. U 10 yil ichida 845 mln dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi. Butun faoliyati mobaynida ishlagan pullari esa 1.4 mlrd dollarni tashkil qildi.
Ikkinchi o‘rin bokschi Floyd Meyuezerga berildi. Meyuezer oxirgi 3-4 yil ichida jahonning eng qimmatbaho sportchilaridan bir bo‘ldi. Faqatgina oxirgi 12 oy ichida u 300 mln dollar ishlab topdi. 10 yillik daromadi hisoblanganda esa, u 16ta jang o‘tkazib, 660 mln dollar ishlab topgani aytildi.
Kuchli uchlikka basketbolchi Kobi Brayant yakun yasadi. Uning daromadlari miqdori ko‘rilayotgan davrda 475 mln dollarni tashkil qildi.
O‘nlikka basketbolchi Lebron Jyeyms (472 mln),
golfchi Fil Mikkelson (468 mln),
tennischi Rojye Federer (455 mln),
futbolchi Devid Bekxem (441 mln),
bokschi Menni Pakyao (432 mln) hamda
futbolchilar Krishtianu Ronaldu (407 mln)
va Lionel Messi (350 mln) kirdi.