Jamiyat | 08:47 / 25.09.2015
3130
1 daqiqa o‘qiladi

Oq Uy: Obama Putindan Suriyadagi maqsadlarini bilmoqchi

BMT Bosh assambleyasi doirasida AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashib, undan Rossiyaning Suriyadagi maqsadlarini bilmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Oq Uy devonining Rossiya bo‘yicha bosh maslahatchisi Selest Uollanderning so‘zlariga qaraganda, Obama Rossiyaning IShIDga qarshi kurash hamda Suriyadagi harbiylar sonini ko‘paytirish borasida fikrlarini eshitib, u bilan muzokaraga kirishmoqchi.
Prezidentlar Nyu-Yorkda 28 sentabr kuni uchrashishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish