Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona aeroporti yiliga 7 mln yo‘lovchi qabul qilish salohiyatiga ega bo‘ladi
Ostona shahri xalqaro aeroportining yo‘lovchi terminalini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat investitsiya va rivojlanish vazirligi fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.
Ta'mir va modernizatsiya ishlaridan so‘ng terminal soatiga 1 750 yo‘lovchini o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 750 kishiga teng. Shu tariqa, aeroport yiliga 7 mln kishini qabul qila oladi.
Bundan tashqari, 2020 yilga qadar Semey, Qustanay va Ust-Kamenogorsk shaharlaridagi aeroportlarda ta'mirlash ishlari o‘tkaziladi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab 13 aeroportda bunday ishlar o‘tkazilgan.