Jahon | 09:48 / 25.09.2015
2169
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari: AQSh Ukraina qurolli kuchlariga yordam berishda davom etadi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurolli kuchlari va chegara xizmatini mustahkamlashi uchun ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Pentagonda ukrainalik hamkasbi Stepan Poltorak bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Amerika Mudofaa vaziri: “Biz Ukraina bilan qurolli kuchlari va chegara xizmatini mustahkamlashida hamkorlik qilamiz”, - deya Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Karter Vashington Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish va Ukrainaga harbiy qurol-aslahalarni yetkazib berish maqsadida 442 mln dollar sarflanganini eslab o‘tdi.
Shuningdek, amerikalik instruktorlar Lvov viloyatidagi Yavorovskiy poligonida Ukraina IIV qismlari harbiy xizmatchilarini tayyorlayotgani va yaqin kunlarda respublika qurolli kuchlari bilan mashg‘ulotlar olib borishga kirilishini ham aytib o‘tdi. “Noyabr oyi oxiriga qadar biz Ukraina Milliy gvardiyasining 900 nafar harbiy xizmatchisini tayyorlaymiz”, - dedi Karter.

Uning fikricha, ukrain harbiylarining o‘quv imkoniyatlarini mustahkamlash orqali mamlakat mudofaa salohiyatini ham kuchaytirish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish