10:02 / 25.09.2015
2930

Putin: Suriya ixtilofini hal qilish uchun davlat strukturalarini mustahkamlash kerak

Suriya inqirozini hal qilishning yagona yo‘li davlat strukturalarini mustahkamlash va terrorchilikka qarshi ko‘mak berib borishdir, deb ishonadi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Jurnalist Charli Rouz olgan intervyuning bir qismi ingliz tiliga o‘girilgan holda translyatsiya qilindi.
Putinning fikricha, Suriyaning rasmiy hukumatini yo‘q qilishga qaratilgan boshqa har qanday harakatlar Liviyadagi singari vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin.

“U yerda barcha davlat strukturalari vayron qilingan, - dedi Rossiya prezidenti. – Biz o‘xshash vaziyatni Suriyada ko‘rmoqdamiz. Suriya inqirozini hal qilishning davlat strukturalarini mustahkamlash va terrorchilikka qarshi kurashda ko‘mak berishdan boshqa yo‘li yo‘q”.

Top