00:22 / 25.09.2015
3020

Qatar davlat jamg‘armasi Volkswagen’dagi mojaro tufayli 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi

Qatarning Qatar Investment Authority (QIA) davlat jamg‘armasi Germaniyaning Volkswagen kompaniyasidagi mojaro tufayli ikki kun ichida 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Jamg‘armaga Volkswagen imtiyozli aksiyalarining katta ulushi tegishli hamda u oddiy aksiyalarning 3 raqamli eng yirik egasi hisoblanadi.   

Bundan tashqari, QIA jamg‘armasi Glencore britan kompaniyasining yirik aksioneri hisoblanadi va bu kompaniyaning ham aksiyalari hafta boshidan beri bosimda qoldi. Jamg‘arma bu aksiyalardan 354 mln dollar yo‘qotdi. Umumiy hisobda jamg‘arma ikki kun ichida 4,6 mlrd dollar yo‘qotdi.

Volkswagen’ning aksiyalari kompaniyaning turbodizelli modellari bilan bog‘liq mojaro sababli, Glencore’ning aktsilari esa Xitoy iqtisodiyoti sustlashishi ortida qadrsizlanib ketdi.

Top