19:52 / 25.09.2015
9668

Qozog‘iston darsliklari Ukrainaning noroziligiga sabab bo‘ldi

Qozog‘iston TIV Ukraina hukumatidan mamlakat maktab darsliklaridagi ayrim kamchiliklar tufayli norozilik notasini oldi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan agentligi xabar bermoqda.
“Qozog‘istonning “Maktab” nashriyoti tomonidan chiqarilgan darsliklarda Qrim muxtoro respublikasi Rossiya sub'yekti deb ko‘rsatilgani munosabati bilan Ukraina elchixonasi Qozog‘iston TIVga murojaat qildi”, - deyiladi tarqatilgan bayonotda.
Ukraina rasmiylarining fikricha, bu axborot xalqaro normalarga zid keladi. Ayni paytda, Qozog‘iston Ukraina hududiy yaxlitligini saqlab qolishni yoqlab chiqqani eslatib o‘tildi.

Top